Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish boshqarmasi
Raqamli loyihalarni joriy etish va takomillashtirish bo‘limi
AKT va raqamlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
1
Raqamli hukumat tizimini rivojlantirish, axborot tizimlarini joriy etish va qo'llab-quvvatlash
Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularni xalqaro standarti bo'yicha takomillashtirish, Agentlikning ichki va tashqi axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish va samarali ishlashini ta'minlash.
2
Mobil ilovalar va interaktiv platformalar
Fermerlar va jamoatchilik uchun mobil ilovalar yaratish, ularga o'simliklar karantini, zararkunandalar, kasalliklar va fitosanitariya talablarining yangiliklari haqida ma'lumotlarni yuborish, onlayn maslahatlar va xizmatlar ko'rsatish.
3
Axborot tizimlarini integratsiya qilish
Tizimlar o'rtasida ma'lumot almashish va muvofiqligini ta'minlash.
4
Axborot xavfsizligini ta'minlash
Agentlikning axborot tizimlarida ma'lumotlarning xavfsizligini va maxfiyligini ta'minlash.
5
Telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish
Internet va boshqa tarmoq xizmatlarining sifatini oshirish.
6
Raqamli transformatsiya loyihalarini amalga oshirish
Sanoat, xizmatlar va davlat boshqaruvidagi raqamli o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlash.
